Arxiv bo'limi
Nishanova Iroda Qudrat qizi
Bo'lim tarixi
Universitetning Arxivida 2008 - 2023 yillarda Djalolova Dilnoza Shaxosilovna faoliyat olib brogan. 2024 – yildan xozirgi vaqtga qadar Nishanova Iroda Qudrat qizi faoliyat olib bormoqda.
Toshkent arxitektura -qurilish universiteti Arxivida
arxiv mudiri va arxivarius shtat birliklari mavjud. 2024
yilda tashkil etilgan.
O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini takomillashtirish to‘g‘risida» (05.04.2012y.,101-son ) li qaroriga muvofiq ish yuritiladi.
Bo'lim faoliyati
Arxiv
mudiri asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- Umumiy qoidalar - Arxiv mudiri
universitetda arxiv faoliyatini boshqaradi. Tashkilot rahbarining buyrug‘i bilan lavozimga tayinlanadi va ozod
etiladi. Bevosita rahbarga (direktor yoki bo‘lim boshlig‘iga) bo‘ysunadi. Oliy
ma’lumotga (tarix, arxivshunoslik, hujjatshunoslik yoki yuridik yo‘nalish) ega
bo‘lishi maqsadga muvofiq.
- Lavozim vazifalari - Arxiv ishini
tashkil etish va boshqarish hujjatlarni qabul qilish, ro‘yxatga olish va
saqlashni nazorat qilish. Doimiy, uzoq muddatli va vaqtincha saqlanadigan
hujjatlarni ajratib hujjatlarni davlat arxiviga topshirishga tayyorlaydi. Arxiv
hujjatlarining saqlanish sharoitini ta’minlab, elektron arxiv tizimini joriy
etish va nazorat qilish hamda arxiv bo‘yicha hisobotlar tayyorlaydi.
- Huquqlari - Tarkibiy
bo‘linmalardan hujjatlarni o‘z vaqtida topshirishni talab qilish. Arxiv ishini
takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish. Hujjatlarning saqlanishi
bo‘yicha tekshiruv o‘tkazish.
- Javobgarligi - Hujjatlarning
yo‘qolishi yoki shikastlanishi. Arxiv qonunchiligi talablariga rioya qilmaslik.
Maxfiy ma’lumotlarni oshkor etish.
Arxivariusning
asosiy vazifalari quyidagilardan
iborat:
- Umumiy qoidalar - Arxivarius arxiv
mudiriga bo‘ysunadi. O‘rta maxsus yoki oliy ma’lumotga ega bo‘lishi kerak.
Hujjatshunoslik asoslarini bilishi zarur.
- Lavozim vazifalari - Hujjatlarni qabul
qilish va tartibga solish. Inventarizatsiya (ro‘yxatga olish) ishlarini olib
borish. Arxiv fondlari va yig‘majildlarini shakllantirish. Foydalanuvchilarga
arxiv ma’lumotnomalarini tayyorlash. Hujjatlarni saqlash sharoitini ta’minlash.
Elektron bazaga ma’lumotlarni kiritish.
- Huquqlari - Hujjatlarni to‘liq va sifatli topshirishni talab qilish. Kamchiliklar haqida rahbariyatga axborot berish.
- Javobgarligi - Hujjatlarni
noto‘g‘ri rasmiylashtirish. Saqlash tartibini buzish. Ichki mehnat
tartib-qoidalariga rioya qilmaslik.
Jaxbarova Osuda Axror qizi
Arxivarius