Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi

Nazarov Akramjon Norboevich

Nazarov Akramjon Norboevich

Boʼlimi boshlig'i
o.djalilov@taqu.uz
09:00-17:00
100194, Toshkent shahar, Yunusobod tuman, Yangishahar ko'chasi, 9A-uy

   Bo'lim tarixi


    Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi universitetga kelib tushgan murojaatlarni qabul qilish, ko‘rib chiqish, tahlil qilish va ijrosini ta’minlash bo‘yicha faoliyat yuritadi. Shuningdek, Elektron ish yuritish va hujjatlar aylanishi tizimi asosida hujjatlarning o‘z vaqtida ijro etilishini nazorat qiladi. Tarkibiy bo‘linmalarda ijro nazoratini tashkil etishga metodik rahbarlik qiladi. Nazorat ishlarini muvofiqlashtirish, barcha tarkibiy bo‘linmalarda ijro intizomi ahvolini o‘rganish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha zarur yordam ko‘rsatish ishlarini amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2021-yil 12-mayda 2859-3-son bilan ro‘yxatga olingan qaroriga asosan “Monitoring va ichki nazorat” bo‘limi nomi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring” bo‘limi nomiga o‘zgartirilgan.

  • Usmanova Nilufar Panjievna (2012-2015 yillar)
  • Xudoyberdiev Saibjon Salievich (2015-2016 yillar
  • Nazarov Akramjon Norboevich (2016-hozirgi paytgacha) 

Bo'lim faoliyati


Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlari, Rayosat majlisi bayonlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Hay’at qarorlari, buyruqlari va topshiriqlarini hamda Toshkent arxitektura-qurilish universiteti (keyingi o‘rinlarda – “Universitet” deb yuritiladi)ning tarkibiy bo‘linmalari tomonidan o‘z vaqtida ijro etilishi yuzasidan nazoratni tashkil etishni ta’minlovchi Universitetning tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.

              Bo‘lim o‘z faoliyatini tashkil etishda O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Hay’at qarorlari va buyruqlari hamda bo‘lim Nizomiga amal qiladi.

Bo‘lim o‘z faoliyatini Rektor boshchiligida va Universitetning tarkibiy bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.

Elektron ish yuritish va hujjatlar aylanishi tizimi asosida hujjatlarning o‘z vaqtida ijro etilishini nazorat qiladi.

Tarkibiy bo‘linmalarda ijro nazoratini tashkil etishga metodik rahbarlik qiladi.

Nazorat ishlarini muvofiqlashtirish, barcha tarkibiy bo‘linmalarda ijro intizomi ahvolini o‘rganish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha zarur yordam ko‘rsatish ishlarini amalga oshiradi.

Universitetda elektron ish yuritish hamda hujjatlar aylanishi tizimini joriy etish asosida hujjatlar ijrosini ta’minlash borasida metodik yordam ko‘rsatadi.

Bo‘lim ogohlantiruvchi nazoratni amalga oshiradi, ijro intizomining tahlilini o‘tkazadi hamda Universitet Rektori huzuridagi yig‘ilishlarda axborot berib boradi.

Ijro nazorati samaradorligini oshirish, shuningdek, yangi axborot texnologiyalarini joriy etish asosida hujjatlar va topshiriqlar bajarilishini hisobga olish, ularning aylanishi, tahlil va nazorat qilishning yagona tizimini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi.

Universitet tarkibiy bo‘linmalari – hujjatlar ijrochilari tomonidan topshiriqlarni bajarganlik to‘g‘risida taqdim etilgan hujjatlar asosida ularni nazoratdan chiqarish ishlarini amalga oshiradi.

Tarkibiy bo‘linmalar tomonidan ijro intizomi nazorati tashkil etilishini va uning ahvolini muntazam ravishda maqsadli o‘rganadi, aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatadi. O‘rganish natijalari tahlili asosida taklif va xulosalar ishlab chiqadi.

Universitet tarkibiy bo‘linmalaridagi ijro intizomi ahvolini o‘rganish natijalari to‘g‘risida Rektorga axborot beradi, uning topshirig‘iga muvofiq aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan qabul qilingan buyruqlarni ijrosini nazorat qiladi.

Zarur hollarda ijro intizomiga rioya qilmagan rahbar va mas’ul xodimlarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan intizomiy jazo choralarini ko‘rish yuzasidan Rektorga taklif kiritadi.

 


Bo'lim funksiyalari:


  • Universitetda qabul qilingan qarorlar, buyruqlar va topshiriqlar ijrosini nazorat qilish
  • Vazirlik va yuqori tashkilotlar hujjatlari ijrosi monitoringini olib borish
  • Ijro intizomi holatini tahlil qilish
  • Elektron ijro tizimlari orqali kelib tushgan topshiriqlar ijrosini nazorat qilish
  • Ijro muddatlariga rioya etilishini ta’minlash
  • Muddati o‘tgan hujjatlar bo‘yicha ma’lumot tayyorlash
  • Tuzilmalar faoliyatini o‘rganish
  • Kamchilik va qonunbuzilish holatlarini aniqlash
  • Aniqlangan holatlar yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish
  • Rahbariyatga muntazam ravishda tahliliy ma’lumot taqdim etish
  • Nazorat natijalari bo‘yicha hisobotlar tayyorlash
  • Tizimli muammolar yuzasidan takliflar kiritish
  • Yozma, og‘zaki va elektron murojaatlarni qabul qilish
  • Murojaatlarni belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish
  • Elektron tizimlar orqali kelib tushgan murojaatlarni qabul qilish
  • Murojaatlarni tegishli tuzilmalarga yo‘naltirish
  • Qonunchilikda belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilishini ta’minlash
  • Asosli va qonuniy javob tayyorlanishini nazorat qilish
  • Murojaatlar ijrosi ustidan doimiy nazorat o‘rnatish
  • Muddati o‘tgan murojaatlar bo‘yicha tahlil olib borish
  • Takroriy murojaatlar sabablarini o‘rganish
  • Kelib tushgan murojaatlarni tahlil qilish
  • Muammoli masalalar va tizimli kamchiliklarni aniqlash
  • Rahbariyatga tahliliy ma’lumot va takliflar kiritish
  • Murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonida qonuniylik va adolat tamoyillariga rioya qilish
  • Fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish
  • Murojaatlar statistikasini yuritish
Djalilov Oybek Alimjonovich
Djalilov Oybek Alimjonovich

Bosh mutaxassis

o.djalilov@taqu.uz