Nagoya University Osiyo satellit campuslari institutining 2025 yildagi doktorantura dasturlariga qabul boshlanganligini ma’lum qiladi

Nagoya University Osiyo satellit campuslari institutining 2025 yildagi doktorantura dasturlariga qabul boshlanganligini ma’lum qiladi

Doktorlik ta’lim dasturining o‘ziga xos xususiyati shundaki, nomzod o‘z mehnat faoliyatidan ajralmagan holda 3 yil davomida Nagoya universitetida doktorlik tadqiqotini amalga oshiradi. O‘quv yili mobaynida doktorant bir necha marotaba Nagoya universitetiga intensiv tadqiqot uchun taklif qilinadi. Shuningdek, doktorant individual o‘quv va tadqiqot jadvali asosida Nagoya universiteti professorlari va hodimlarining har tomonlama ko‘magida o‘z ilmiy ishini olib boradi.

Ta’lim va tadqiqot hamda Nagoya universitetiga tashrif bilan bog‘iq barcha xarajatlar yapon tomonidan qoplanadi.

Doktoranturaga hujjat topshirish muddati:

1) Huquqshunoslik, siyosatshunoslik va xalqaro munosabatlar yo‘nalishidagi dasturga 2025 yilning 25 aprel kuni (juma) soat 18:00 (O‘zbekiston vaqti) etib belgilangan.

2) Pedagogika va inson resurslarini rivojlantirish hamda psixologiya fanlari yo‘nalishidagi dasturga 2025-yilning 21-aprel kuni (dushanba) soat 18:00 (O‘zbekiston vaqti) etib belgilangan.

Dastur bilan bog‘liq batafsil ma’lumot olish uchun Nagoya universiteti vakolatxonasiga murojaat qilishingiz mumkin.

Manzil: Amir Timur ko‘chasi, 107, 14-B, Xalqaro biznes markazi

Tel: 71-238-94-05/06

Elektron pochta: elmurodov@nagoya-university.uz