Sirtqi bo‘lim

Muxamedov Nodir Abduganiyevich

Muxamedov Nodir Abduganiyevich

Boʼlimi boshlig'i
n.muxamedov@taqu.uz
09:00-17:00
100194, Toshkent shahar, Yunusobod tuman, Yangishahar ko'chasi, 9-uy
    Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2017 yil 21 dekabrdagi “Oliy taʼlim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) va kechki (smenali) taʼlimni tashkil etish tartibi toʼgʼrisida” gi Nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 930-son Qarori va Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim Vazirligining 2018 yil 24 dekabrdagi “Oliy taʼlim muassasasi Sirtqi boʼlimining namunaviy Nizomini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi 1055-son buyrugʼi hamda Toshkent arxitektura-qurilish instutiti rektorining buyrugiga asosan tashkil etilgan.
    Sirtqi bo‘limda A.J.Abdullayev, R.M.Xadjaevlar rahbarlik faoliyatini olib bordilar. Bugungi kunda Sirtqi bo‘lim N.A.Muxamedov rahbarlik qilmoqda.

    Sirtqi bo‘lim vazifalari quyidagilarni o'z ichiga oladi:

  • Sirtqi ta’limni rivojlantirish dasturi ilg‘or ish beruvchi tashkilotlar bilan kelishilgan holda ishlab kelinmoqda;
  • talabalarning malakaviy amaliyotlarini tashkil qilish bo‘yicha ish beruvchilar bilan shartnomalar tuzilmoqda;
  • o‘qitishning yangi texnologiyalari tatbiq qilinishini va talabalar o‘zlashtirishi nazoratga olinib tahlil qilinmoqda;
  • talabalarning bitiruv malakaviy ishlari mavzularini ish beruvchilar bilan muvofiqlashtirib tasdiqlanmoqda;
  • talabalar bilan o‘quv va tarbiyaviy ishlar olib borish samaradorligini oshirish choralarini ko‘rilmoqda;
  • mehnat muhofazasi, texnika va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha tadbirlarni, bo‘lim xodimlarining ichki tartib va mehnat intizomi qoidalariga rioya qilishini tashkil etadi;
  • o‘quv jarayonini ta’minlaydigan professor-o‘qituvchilarning o‘quv-metodik, ilmiy ishlarini rejalashtiradi, tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
  • oliy ta’lim muassasasi ilmiy kengashi majlislarida, rektoratda, fakultet va kafedralarda sirtqi ta’lim manfaatlarini o‘z vakolati doirasida himoya qiladi va amalga oshiradi;
  • talabalarning kurs ishi va bitiruv malakaviy ishlariga rahbarlik qilish uchun sirtqi ta’limda o‘quv jarayonini ta’minlaydigan professor-o‘qituvchilarni taqsimlaydi;
  • Sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘limning oliy ta’lim muassasasining boshqa tuzilmalari bilan o‘zaro aloqasini ta’minlaydi.

Turanov Abulbakir  Qulaxmad o‘g‘li
Turanov Abulbakir Qulaxmad o‘g‘li

Sirtqi bo‘lim uslubchisi

Pirmatov Feruzbek  Xayrulla o‘g‘li
Pirmatov Feruzbek Xayrulla o‘g‘li

Sirtqi bo‘lim uslubchisi