Ilmiy-tadqiqot va innovatsiyalar prorektori
Mirdjalilova Dildora Shuxratovna
Iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Ilmiy-tadqiqot va innovatsiyalar prorektor lavozim vazifalari:
- O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident
farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ilm-fan,
innovatsion faoliyat, ta’lim hamda kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini
amalga oshirishni tashkil etish;
- mutasaddi yuqori tashkilotlarning buyruqlari,
farmoyishlari va ko‘rsatmalarini, ilmiy tadqiqot faoliyati jarayonlariga oid
masalalar bo‘yicha oliy ta’lim muassasasi Kengashi qarorlari va rektor
buyruqlarining bajarilishini tashkil qilish;
- ilg‘or mamlakatlar ta’lim tizimining rivojlanish
tendensiyalarini o‘rganish, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash
milliy dasturi” va boshqa ilm-fan va ta’limga oid qonunlarda ko‘rsatilgan
vazifalarni amalga oshirish borasidagi uslub va vositalarni ishlab chiqish va
ularning amalga oshirilishini ta’minlash;
- oliy ta’lim muassasasining ilmiy faoliyat
yo‘nalishlarini ishlab chiqish va samarali amalga oshirishni ta’minlash;
- professor-o‘qituvchilarning shaxsiy rejalari ilmiy
qismidagi vazifalar bajarilishini nazorat qilish va ta’minlash;
- xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy
konferensiyalarni tashkil etish, dolzarb mavzularda ilmiy mavzularda seminarlar
faoliyatini yo‘lga qo‘yish, talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil
etish va muvofiqlashtirish;
- ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga joriy
etish, innovatsion faoliyatni tashkil etish, xorijiy oliy ta’lim muassasalari
va ilmiy tadqqot muassasalari bilan ilmiy hamkorlik aloqalarini o‘rnatish;
- doktorantlar orasidan O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti davlat stipendiya sovrindorlarini tayyorlash jarayonini boshqarish;
- oliy ta’lim muassasalari bilan ilmiy yo‘nalishda
doimiy hamkorlikni amalga oshirish, konferensiya, seminarlarda
professor-o‘qituvchilarning faol ishtirokini ta’minlash, mahalliy hokimiyatlar
bilan hamkorlikda ishlash;
- ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish
bo‘limi faoliyatini tashkil etish va nazorat qilish;
- xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazalaridan
foydalanish, xalqaro ilmiy jurnallarga maqolalar tayyorlash va e’lon kilish,
ularning iqtibosligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
- oliy ta’lim muassasasida ilmiy darajalar beruvchi
Ilmiy kengashlarni tashkil etish va samarali faoliyat yuritishini ta’minlash.
- ilmiy tadqiqot ishlari, ilmiy seminarlar, anjumanlar
rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- ilmiy tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologik
ishlar doirasida olinadigan intellektual mulk ob’ektlari va intellektual
faoliyat natijalarini tijoratlashtirish;
- xo‘jalik sub’ektlari bilan shartnomalar, innovatsion
ilmiy-amaliy dasturlarni, patent-litsenzion faoliyatini amalga oshirish;
- professor-o‘qituvchilar, xodimlar va ta’lim
oluvchilarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil qilish va boshqarish;
- ilmiy noshirlik faoliyatini tashkil etish va
boshqarish;
- yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni
tayyorlash jarayonini tashkil etish va boshqarish;
- ilmiy ishlanmalar ko‘rgazmalari va tanlovlar
faoliyatini tashkil etish va ishtirok etish;
- o‘z vakolati bo‘yicha davlat boshkaruv idoralari,
mulkchilikning barcha shakllari bo‘yicha mahalliy o‘zi-o‘zini boshqarish
tashkilotlari, korxonalar va muassasalar bilan o‘zaro hamkorlik qilish;
- o‘z faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha hisobotlarni o‘z
vaqtida tayyorlashni ta’minlash va oliy ta’lim muassasasini rivojlantirish
joriy rejasiga taklif va tavsiyalar tayyorlash;
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil12 yanvardagi 12-sonli “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ijro intizomiga, mehnat va o‘quv intizomiga, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalar, OTMning Ustavi, Ichki mehnat tartibi qoidalari, Kengash qarorlari, ish beruvchi buyruqlari hamda ta’lim tizimiga doir me’yoriy-huquqiy hujjatlarda qo‘yilgan maqsad va vazifalar, shuningdek, o‘z xizmat vazifalariga rioya etish.
Quyidagi faoliyatlar bo‘yicha umumiy boshqaruvni
tashkil etadi:
- oliy ta’lim muassasasining ilmiy ishlari va
innovatsion faoliyati;
- oliy ta’lim muassasasining ilmiy ishlar va
innovatsion faoliyatiga aloqador bo‘linmalar va fakultetlararo ilmiy
laboratoriyalar faoliyati;
- oliy ta’lim muassasasining doktorantura bo‘limi va
ilmiy bo‘limi, ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi
faoliyati;
- ilmiy jurnallar muharrirlari va tahririyat
kengashlari faoliyati.
Quyidagi ishlarni muvofiqlashtiradi:
- ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha mas’ul
xodimlar (dekan muovinlari), ilmiy tadqiqotchilar faoliyatini;
- fan doktori (DSC), falsafa fanlari doktori (PhD)
ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy kengashlar ishlarini;
- ta’lim oluvchilarning (bakalavriatura va magistratura
talabalari) ilmiy tadqiqot ishlarini;
- oliy ta’lim muassasasining yosh olimlar va iqtidorli
yoshlar bilan ishlash faoliyatini.
Mirdjalilova Dildora Shuxratovna 1986-yil Toshkent shahrida ziyolilar oilasida tavallud topgan.
Ma’lumoti – oliy, Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, professor v.b.
Mehnat faoliyati:
- 2011-2016 yy. - Toshkent arxitektura-qurilish instituti iqtisodiyot va ko‘chmas mulkni boshqarish kafedrasi assistenti
- 2016-2018 yy. - Toshkent arxitektura-qurilish instituti iqtisodiyot va ko‘chmas mulkni boshqarish kafedrasi katta o‘qituvchisi
- 2018-2022 yy. - Toshkent arxitektura-qurilish instituti iqtisodiyot va ko‘chmas mulkni boshqarish kafedrasi dotsent vazifasini bajaruvchi
- 2022-2023 yy. - Toshkent arxitektura-qurilish universiteti iqtisodiyot va ko‘chmas mulkni boshqarish kafedrasi mudiri v.b.
- 2023-2024 yy. - Toshkent arxitektura-qurilish universiteti iqtisodiyot kafedrasi mudiri
- 2024 y - h.v. - Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Ilmiy tadqiqot va innovatsiyalar prorektori.