Oliy ilm-fan maktabi
Metyakubov Azamat Djumanazarovich
Bo'lim tarixi
Oliy ilm-fan maktabi Toshkent arxitektura-qurilish universitetida ilmiy-tadqiqot faoliyatining samaradorligini oshirish, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash tizimini zamonaviy talablar asosida rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan.
Mazkur bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2022-yil 8-noyabrdagi PQ-416-son qarori asosida tashkil etilgan bo‘lib,
universitet ilmiy salohiyatini mustahkamlash, ilg‘or ilmiy tadqiqotlarni
qo‘llab-quvvatlash hamda yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlash jarayonlarini
tizimli tashkil etishga xizmat qiladi.
Bo‘lim tashkil etilgan davrdan buyon Oliy ilm-fan
maktabiga malakali va tajribali rahbarlar boshchilik qilib kelmoqda. Jumladan,
bo‘lim faoliyatining dastlabki bosqichida texnika fanlari doktori, professor
Hotamov Asadulla Toshtemirovich rahbarlik qilgan.
2024-yildan boshlab Oliy ilm-fan maktabiga Metyakubov Azamat Djumanazarovich
rahbarlik qilib kelmoqda.
Oliy ilm-fan maktabi o‘z faoliyati davomida
universitet ilmiy muhitini rivojlantirish, Oliy ta’limdan keying ta’lim
institutini takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlar sifatini oshirish hamda ilmiy
natijalarni amaliyotga joriy etish yo‘nalishlarida muhim o‘rin egallab
kelmoqda.
Bo'lim faoliyati
Asosiy vazifalar:
- Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash hamda
yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash;
- Ilmiy maktablar va innovatsion tadqiqot loyihalarini
qo‘llab-quvvatlash;
- Ilmiy tadqiqot natijalarini o‘quv jarayoniga
integratsiya qilish va monitoringini olib borish;
- Doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar va
stajyor-tadqiqotchilar hujjatlarini rasmiylashtirish;
- Yagona elektron platforma orqali ilmiy ishlanmalarni
joylashtirish va nazorat qilish;
- Oliy ta’limdan keyingi ta’lim jarayonlari bo‘yicha
monitoring olib borish;
- Magistratura talabalari ish rejalari ijrosini nazorat
qilish;
- Yangi ilmiy yo‘nalishlar va ixtisosliklar bo‘yicha
takliflar ishlab chiqish;
- Qabul kvotalari bo‘yicha ehtiyojlarni aniqlash va
buyurtma loyihalarini shakllantirish;
- Izlanuvchilar uchun ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga
oshirishga zarur shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
- Universitetda oliy ta’limdan keyingi ta’lim doirasida
amalga oshirilayotgan ishlar va e’lonlar haqida ommaviy axborot vositalari
orqali axborot tarqatish;
- Ilmiy va innovatsion faoliyat yo‘nalishida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish;
- Izlanuvchilar faoliyati natijalari bo‘yicha yil yakuni hisobotlarini tayyorlash.
Turg’unov Ilyosbek Olimjon o‘g‘li
Ilmiy tadqiqot ishlari muhandisi
i.turgunov@taqu.uz