Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boshqarmasi
Kurbanova Nigora Baxtiyarovna
Toshkent
arxitektura-qurilish universitetida talaba-yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy
tarbiyasini tizimli tashkil etish, ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga
hurmat, vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida Ma’naviyat bo‘limi
faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
1991–1997-yillar davomida
universitetda ma’naviy-ma’rifiy ishlar asosan fakultetlar va jamoat
tashkilotlari orqali amalga oshirilib, talaba-yoshlar o‘rtasida milliy
qadriyatlar, tarix va madaniyatni targ‘ib qilishga qaratilgan tadbirlar tashkil
etib borildi.
1998-yilda respublikada
“Ma’naviyat va ma’rifat” ishlarini tizimli tashkil etish bo‘yicha olib borilgan
islohotlar doirasida universitetda ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni
muvofiqlashtiruvchi alohida tuzilma shakllantirildi.
2000–2010-yillar davomida
bo‘lim faoliyati yanada takomillashtirilib, talaba-yoshlar bilan ishlashning
yangi shakl va uslublari joriy etildi. Bu davrda turli davra suhbatlari,
ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar, ijodiy tanlovlar, madaniy tadbirlar hamda yoshlar
tarbiyasiga qaratilgan loyihalar muntazam tashkil etildi.
2011–2016-yillarda
universitetda ma’naviy-ma’rifiy ishlar ko‘lami kengaytirilib, davlat siyosati,
milliy qadriyatlar, tarixiy meros hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib
qilishga qaratilgan keng qamrovli tadbirlar amalga oshirildi.
2017–2020-yillarda
mamlakatimizda yoshlar siyosatini rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni
yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha qabul qilingan qaror va farmonlar asosida
TAQU Ma’naviyat bo‘limi faoliyati ham yanada takomillashtirildi. Talaba-yoshlar
bilan ishlashda innovatsion yondashuvlar joriy qilindi.
2021–hozirgi kungacha
bo‘lim universitetda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni zamonaviy yondashuvlar asosida
tashkil etib, talaba-yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning bo‘sh
vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy qadriyatlar va vatanparvarlik g‘oyalarini
targ‘ib qilishga qaratilgan turli loyihalar va tadbirlarni amalga oshirib
kelmoqda.
Bugungi kunda TAQU
Ma’naviyat bo‘limi universitet jamoasi bilan hamkorlikda talaba-yoshlarning
ma’naviy kamolotini ta’minlash, ularni barkamol, bilimli va mas’uliyatli
mutaxassislar sifatida tarbiyalash yo‘lida samarali faoliyat olib bormoqda.
2024-yildan bo‘limda Kurbanova Nigora Baxtiyarovna Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritb kelmoqda.
Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar
boshqarmasi boshlig‘i:
- o‘z mehnat vazifalarini halol, vijdonan bajarish, mehnat
va ijro intizomiga rioya qilish;
- Universitet talabalari ortasida turli xildagi uchrashuvlar,
davra suhbatlari, bahs-munozara kechalarini uyushtirib borish.
- huquqbuzarlikning oldini olish maqsadida huquq-targ‘ibot
idoralari xodimlari bilan hamkorlikda ishlashni tashkillashtirish;
- talaba-yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasi masalalariga
oid ilmiy-uslubiy va amaliy adabiyotlar, qo‘llanmalar tayyorlab borish va ularni
chop ettirish ishlarini amalga oshirish hamda tarbiyaviy ahamiyatga molik adabiyotlar
bilan ta’minlashni tashkil qilish;
- talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va madaniy
hordiq chiqarishlari uchun konsert, kino, teatrlar va ziyoratgoh joylarga borishlarini
shartnomalar asosida tashkil qilish;
- ustoz-murabbiylar ish samaradorligiga erishish maqsadida
ular bilan hamkorlikda muntazam ish olib borish;
- talabalar uyida va ijarada yashovchi talabalarning yashash
sharoitlarini muntazam nazorat qilib borish va ular bilan turli xildagi tadbirlar
o‘tkazishni tashkil qilish;
- talaba va professor-o‘qituvchilarni universitet va Respublikada
o‘tkaziladigan tanlovlarda va turli xildagi tadbirlarda qatnashishini ta’minlash
hamda ularni nizom asosida rag‘batlantirib borishni tashkil etish;
- Universitetda sport-sog‘lomlashtirish, maishiy xizmat,
ovqatlanish, dam olish, madaniy hordiq chiqarish tuzumlarining uzluksiz, sifatli
ishlashini ta’minlash maqsadida nazorat qilish;
- ijtimoiy himoyaga muhtoj talaba va professor-o‘qituvchilar
tarkibini o‘rgangan holda ularni ijtimoiy himoya qilish maqsadida rektoratga takliflar
kiritish;
- mustaqillik davrida e’lon qilingan barcha tadbirlarning
mazmunli o‘tkazilishini maxsus “Nizom” asosida tashkil etish va bajarilishini ta’minlash.
Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar
boshqarmasi uslubchisi:
- o‘z mehnat vazifalarini halol, vijdonan bajarish, mehnat
va ijro intizomiga rioya qilish;
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va
innovatsiyalar vazirligining, shahar va tuman hokimliklari tomonidan yuborilgan
barcha xatlarga o‘z vaqtida javob tayyorlash;
- Universitetda o‘tkaziladgan va rejalashtirilgan tadbirlar
uchun tadbirlar dasturi va rejalarini ishlab chiqish va bajarilishi bilan bog‘liq
muammolarni hal qilishda amaliy yordam ko‘rsatib borish;
- Universitetda turli xildagi ko‘rik-tanlovlar, festivallar,
spartakiadalar, olimpiadalar, shanbaliklar o‘tkazishni nizom asosida tashkil qilish;
- moddiy jihatdan kam ta’minlangan ko‘p bolali oilalardan
chiqqan, nogiron talabalarning moddiy ahvolini yaxshilash maqsadida, ularni ahvolini
aniqlash hamda ijtimoiy muxofaza qilish bo‘yicha muntazam ish olib borish;
- bayramlar va allomalarning yubileylari munosabati
bilan tadbirlar tashkil qilib borish;
- professor-o‘qituvchi va talabalarni kino-teatrlarga,
muzeylarga, tarixiy ziyoratgoh joylarga tashriflarini tashkil etib borish;
- Universitetda talabalarning ota-onalari, mahalliy
xokimiyatlar, hayriya jamg‘armalari, mahallalar va fakultetlar tomonidan olib
borilayotgan ishlarni tashkil etish va nazorat qilish;
- talabalar uylarida va universitet miqyosida
o‘tkaziladigan tadbirlarning mazmunli o‘tkazilishiga har tomonlama
ko‘maklashish.

boshqarmasi Sport va sog‘lomlashtirish yetakchi mutaxassisi:
- Sport-sog‘lomlashtirish ishlarini tashkil etish
- Universitet talabalari va xodimlari o‘rtasida sport va
sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkil etish.
- Talabalar orasida jismoniy faollikni oshirishga
qaratilgan dasturlar ishlab chiqish.
- Sport to‘garaklari va mashg‘ulotlarini yo‘lga qo‘yish
- Turli sport turlari bo‘yicha to‘garaklar tashkil
qilish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish.
- Talabalar uchun muntazam sport mashg‘ulotlarini
tashkil etish.
- Sport tadbirlarini o‘tkazish
- Universitet miqyosida sport musobaqalari,
spartakiadalar, turnirlar va sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkil etish.
- Talabalarni respublika va xalqaro sport musobaqalarida
ishtirok etishga tayyorlash va yo‘naltirish.
- Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish
- Talabalar va xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush
tarzini targ‘ib qilish.
- Seminarlar, targ‘ibot tadbirlari va sport
festivallarini tashkil qilish.
- Sport inshootlari va jihozlarini nazorat qilish
- Universitet sport zallari, stadionlari va boshqa sport
inshootlaridan samarali foydalanilishini nazorat qilish.
- Sport jihozlarining holatini kuzatib borish.
- Hisobot va rejalashtirish
- Sport-sog‘lomlashtirish faoliyati bo‘yicha yillik va
oylik rejalar tuzish.
- O‘tkazilgan tadbirlar bo‘yicha hisobotlar tayyorlash
va rahbariyatga taqdim etish.
- Hamkorlik ishlari
- Sport federatsiyalari, yoshlar tashkilotlari va boshqa
sport muassasalari bilan hamkorlik qilish.
- Universitet sport jamoalarini shakllantirish va
ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash.
Tashpulatova Madina Karimdjanovna
Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boshqarmasi uslubchisi
Saloxiddinova Durdona Kamoliddin qizi
Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boshqarmasi uslubchisi
Mirzaxmedov Shohruh Anvarovich
Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boshqarmasi Sport va sog‘lomlashtirish yetakchi mutaxassisi