Kasaba uyushmasi qo‘mitasi

Kasimova Feruza Ergashevna

Kasimova Feruza Ergashevna

Boʼlimi boshlig'i
100194, Toshkent shahar, Yunusobod tuman, Yangishahar ko'chasi, 9A-uy

   Bo'lim tarixi


    1990 yilda respublika kasaba uyushmalari tomonidan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasini tashkil etish haqida Deklaratsiya qabul qilinib, uni tashkiliy jihatdan rasmiylashtirish ishlari 1991 yilda Federatsiya Ustavini qabul qilish bilan yakunlandi.

    Hozirgi kunda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi 14 ta tarmoq kasaba uyushmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 12 ta viloyat, Toshkent shahar kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmalarini, 6 mln.dan ortiq kasaba uyushmalari a’zolarini birlashtiradi.

    O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining oliy organi Qurultoy hisoblanadi va har 5 yilda bir marta chaqiriladi. Qurultoylar oralig‘ida Federatsiya faoliyatiga O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi rahbarlik qiladi. Kengash a’zolari tarmoq kasaba uyushmalarining Qurultoylari, Federatsiyaning hududiy kengashlari konferensiyalari, shuningdek, Federatsiya Qurultoyida saylanadilar.

    Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq, respublikadagi yangi siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy sharoitlarda, nodavlat notijorat tashkilotlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratila boshlandi. Xususan, mustaqillik yillarida qabul qilingan ilk qonunlardan biri “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun bo‘lib, mamlakatimizdagi eng ommaviy jamoat tashkilotlaridan biri bo‘lgan kasaba uyushmalarining huquqiy maqomini belgilab berdi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 1991-yil 6-maydagi Farmoniga muvofiq Toshkent arxitektura-qurilish instituti tashkil topdi. Shu munosabati bilan universitetda bo‘limlar qayta shakllandi va shu qatorda universitet kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘z ish faoliyatini boshladi.

Bo'lim faoliyati


Kasaba uyushmasi – bu xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish, ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini ilgari surish va ularning huquqiy kafolatlarini ta’minlashga qaratilgan mustaqil jamoat tashkilotidir. Kasaba uyushmasi qo‘mitasi universitet jamoasi manfaatlarini himoya qiluvchi muhim institut sifatida faoliyat yuritadi. Ushbu qo‘mita xodimlar va ish beruvchi o‘rtasida mustahkam ijtimoiy hamkorlikni ta’minlash, mehnat sharoitlarini yaxshilash, shuningdek, xodimlarning huquqiy va iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida qator vazifalarni bajaradi.


Asosiy vazifalar


  • Ijtimoiy-mehnat munosabatlariga oid masalalarni, shuningdek, ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda xodimlar nomidan ish ko‘rish.
  • Kasaba uyushmasi qo‘mitasi vakillarini universitet boshqaruvining hay’at organlariga saylanish imkoniyatlaridan foydalanish va xodimlarning manfaatlarini ilgari surish.
  • Ish beruvchi bilan xodimlarning manfaatlari nuqtai nazaridan doimiy muloqotda bo‘lish, masalani ijobiy hal qilishda qiyinchiliklar yuzaga kelganda yuqori turuvchi kasaba uyushmasi kengashiga zudlik bilan xabar berish.
  • Kasaba uyushmalariga xos uslublar yordamida, shu jumladan, xodimlar o‘rtasida mehnat musobaqalarini rivojlantirish, ularning mehnat unumdorligini oshirish, ish beruvchi bilan birgalikda ishlab chiqarish ilg‘orlarini rag‘batlantirish tizimlarini o‘rnatish orqali universitetning barqaror faoliyat ko‘rsatishiga ko‘maklashish.
  • Ichki mehnat tartibi qoidalariga hamda mehnat intizomiga rioya etilishiga, mehnat vazifalarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishiga xodimlarga ko‘maklashish.
  • Mehnatga haq to‘lash shakllari va tizimlarini takomillashtirish, universitetni boshqarish, shartnoma majburiyatlarini takomillashtirish, xodimlarning mehnat shartnomasidagi vazifalarni to‘liq va sifatli bajarishlariga ko‘maklashuvchi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning joriy va istiqbolli reja va dasturlarini qabul qilish kabi masalalar yuzasidan jamoa muzokaralarini olib borish bo‘yicha takliflarni ish beruvchiga kiritib borish.
  • Xodimlarning ratsionalizatorlik va ixtirochilik ishlarida ishtirok etishlariga ko‘maklashish, yangi innovatsion tashabbuslarni rag‘batlantirish va ilg‘or tajribalarni joriy etishga yordam berish.
  • Tarmoq ko‘rik tanlovlarida ishtirok etish tashabbuslari bilan chiqish va turli tanlovlarda universitet jamoasi nomidan munosib ishtirok etish.
  • Mamlakatni modernizatsiya qilish va yangilash, demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini qurish borasidagi davlat dasturlarining bajarilishida faol ishtirok etish.
  • Universitetda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 iyuldagi “Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5775-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 10 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 349-son qaroriga to‘liq rioya etilishiga ko‘maklashish.
  • Ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilishga rozilik berish to‘g‘risidagi ish beruvchining taqdimnomasini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va xodimlarning huquqlarini himoya qilish.
  • Ish beruvchining mehnat sharoitlarining o‘zgarishi, shuningdek, xodimlarni ommaviy ravishda ishdan bo‘shatish to‘g‘risidagi axborotini ko‘rib chiqish va ish beruvchiga ushbu choralarni oqibatlarini yumshatish bo‘yicha takliflar kiritish.

Kasaba uyushmasi qo‘mitasi universitet jamoasining ijtimoiy himoyasini ta’minlash bilan bir qatorda, mehnat sharoitlarini yaxshilash, jamoaviy manfaatlarni ilgari surish va xodimlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha muhim vosita hisoblanadi.

Hozircha bo'lim tarkibi ma'lumotlari yo'q