Iqtisodiyot va ko’chmas mulk kafedrasi

Axmedova Nilufar Shuxratovna

  • Lavozimi: Kafedra mudiri
  • Telefon:
  • Email: n.axmedova@taqu.uz
  • Qabul vaqti: 14:00 & 16:00

KAFEDRA TARIXI


    “Iqtisodiyot va ko’chmas mulk” kafedrasiga dastlab O’rta osiyo paxtachilik institutida 1929-yilda asos solingan va u “Qurilish iqtisodiyoti” kafedrasi deb nomlangan. Ushbu kafedra 1991-yilga qadar Toshkent politexnika instituti tarkibida faoliyat ko’rsatib kelgan.

    1991-yili Toshkent arxitektura-qurilish instituti tashkil etilgach ushbu kafedra “Iqtisodiyot va menejment” deb nomlandi. Toshkent arxitektura-qurilish instituti rektorining 2002-yil 12-iyuldagi 144-sonli buyrug’i bilan “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi bazasida mutaxassis chiqaruvchi ikkita yangi “Qurilishda iqtisodiyot” va “Menejment” kafedralari tashkil etildi. 2010-yil oktabrdan Toshkent arxitektura-qurilish instituti kengashi Qaroriga asosan kafedra “Iqtisodiyot va kochmas mulkni boshqarish” kafedrasi deb nomlangan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi PQ-416-son qarori va Universitet Kuzatuv kengashi qaroriga asosan “Iqtisodiyot va ko‘chmas mulkni boshqarish” kafedrasi “Iqtisodiyot va ko’chmas mulk” kafedrasi etib o‘zgartirildi.

    1983-2004 yillar mobaynida iqtisod fanlari doktori, professor M.Q.Ziyayev kafedraga rahbarlik qildi. 2004-2005 yillarda professor B.A.Leshenko,  2005-2007 va 2008-2016 yillarda iqtisod fanlar nomzodi, dotsent V.U. Yodgorov, 2007-2008 yillarda iqtisod fanlar nomzodi E.A. Maxmudov, 2016-2022 yillarda iqtisod fanlar nomzodi, dotsent A.S.Turdiyev, 2022-2024 yillarda iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent D.Sh.Mirdjalilova rahbarlik qilgan.

    2024-yil dekabr oyidan hozirgi kunga qadar iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD), professor v.b. N.Sh.Axmedova “Iqtisodiyot va ko’chmas mulk” kafedrasida rahbarlik qilmoqda. 


        KAFEDRA FAOLIYATI


Iqtisodiyot va ko‘chmas mulk kafedrasida bugungi kunda 3 nafar fan doktori va professor, 23 nafar fan nomzodlari va dotsentlar, 11 nafar katta o’qituvchilar hamda 5 nafar assistentlar faoliyat ko’rsatib kelmoqdalar. Bugungi kunda kafedraning ilmiy salohiyati 58 foizni tashkil etadi. Ushbu professor-o‘qituvchilar tomonidan hozirgi kungacha Iqtisodiyot (qurilish), “Qiymat injiniringi va ko’chmas mulk ekspertizasi” sohalariga oid bir qancha darslik, o‘quv qo‘llanmalar, uslubiy ko‘rsatmalar, monografiyalar va ilmiy maqolalar nashr etilgan.

Hozirgi kunda kafedrada 60410100-“Iqtisodiyot” hamda 60730700-“Qiymat injiniringi va ko’chmas mulkni boshqarish” ta`lim yo’nalishlari bo’yicha bakalavr, 70410100-“Iqtisodiyot” hamda 70730700-“Qiymat injiniringi va ko’chmas mulkni boshqarish” mutaxassisliklari bo’yicha magistrlar tayyorlab kelinmoqda.

Kafedra professor-o‘qituvchilari universitetda o’qitilayotgan talabalarga 54 dan ortiq fanlardan ta`lim berib kelmoqdalar. Kafedrada o’quv jarayoni zamonaviy darslik va o’quv adabiyotlari bilan ta`minlangan. So’nggi uch yilda fanlardan 20 dan ortiq darslik, 30 dan ortiq o’quv qo’llanmalar 16 ta monografiyalar nashr etildi. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan o’qitiladigan barcha fanlardan o’quv uslubiy majmualar yaratilib, o’quv jarayoniga joriy qilindi va elektron adabiyot shaklida talabalarga yetkazildi.

Kafedra olimlari O’zbekistonda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, qurilishda bahoni shakllantirish, ko’chmas mulkni baholashning uslubiy asoslarini takomillashtirish hamda qurilish qiymatining tashkiliy-iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish mavzularida ilmiy-tadqiqot ishlari olib bormoqdalar.

Kafedrada ishlab chqarish bilan innovatsion korparativ hamkorlikni rivojlantirish maqsadida har yili 20 dan ortiq qurilish tashkilotlari bilan xo’jalik shartnomalari asosida ilmiy hajmdor ishlar bajarib kelinmoqda.

Kafedrada qoshida “Qurilishda smeta ishi” va “Zamonaviy buxgalteriya hisobi” o‘quv kurslari tashkil etilgan bo’lib, universitet talabalari o’quv kurslarda faol ishtirok etishmoqda.

Talabalarni amaliyotga yo’naltirish maqsadida “SMETA LOYIHA”, “SHARQ BAHO”, “OPTIMAL ARCHITECT GROUP” va “TURON PROJECT-GROUP” MCHJlar bilan hamkorlikda dual ta’lim yo‘lga qo‘yildi.

Kafedraning iqtidorli talabalari Iqtisodiyot nazariyasi, Buxgalteriya, Makroiqtisodiyot va Mikroiqtisodiyot fanlaridan muntazam ravishda o’tkaziladigan Respublika fan olimpiadalarida muvoffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda. Shu bilan birga bir qancha Prezident va nomdor stipendiyalarilariga sazovor bo’lishmoqda.



        KAFEDRA PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI



 

F.I.Sh.

Lavozimi

Unvoni, ilmiy darajasi

Asosiy shtatdagi professor-o’qituvchilar

1.                  

Axmedova Nilufar Shuxratovna

kafedra mudiri

professor v.b.
PhD

2.                  

Ziyayev Muzafar Kutlukovich

professor

professor
i.f.d.

3.                  

Djabriyev Akbarali Normurodovich

professor

professor
i.f.d.

4.                  

Tashmuxamedova Karima Samatovna

dotsent

professor v.b.
PhD

5.                  

Muxibova Guli Yarkinovna

dotsent

dotsent

6.                  

Yusupdjanova Nargiza Utkirovna

dotsent

dotsent

7.                  

Fayziyeva Gulnoza Abdurumanovna

dotsent

dotsent

8.                  

Salimov Baxodir Baxtiyarovich

dotsent

dotsent
PhD

9.                  

Elbayeva Muqaddas Rashidovna

dotsent

dotsent
PhD

10.             

Boltayev Umid Talant o‘g‘li

dotsent v.b.

dotsent v.b.
PhD

11.             

Urunbayev Saparbek Samadovich

dotsent

 

dotsent

12.             

Muxammadaliyev Mirzohidjon Muxammadali o'g'li

katta o‘qituvchi

 

13.             

Asadova Maftuna Sa'dullayevna

katta o‘qituvchi

 

14.             

Amirov Zubaydulla Toir o‘g‘li

katta o‘qituvchi

 

15.             

Ablayeva Valentina Borisovna

katta o‘qituvchi

 

16.             

Qo’ziyeva Nilufar Norxidirovna

katta o‘qituvchi

 

17.             

Sharifxodjayeva Odina Ulug‘bek qizi

katta o‘qituvchi

 

18.             

Risqulova Madina Nodirbek qizi

assistent

 

19.             

Musayeva Aynura Abayxoliyevna

assistent