Ilmiy-tadqiqot institutlari

    Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot instituti


    Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzurida yangi Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot instituti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktyabrdagi “Seysmik xavfsizlikni ta’minlash hamda seysmologiya sohasidagi ishlar samaradorligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-184-son Farmoni hamda 2025-yil 20-oktyabrdagi PQ-309-son Qaroriga muvofiq tashkil etilgan. (2025-yil 12-noyabrda rasmiy davlat ro‘yxatidan o‘tgan)

    Institut o‘z faoliyatini boshladi. Institut faoliyati ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash, kadrlar tayyorlash va qurilish sohasiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga yo‘naltirilgan.


    Institutning ilmiy faoliyati quyidagi asosiy yo‘nalishlarga qaratilgan:


    Zilzilabardosh qurilish sohasida: 

  • barqaror konstruktiv yechimlarni ishlab chiqish va bino-inshootlarning zilzilabardoshligini monitoring qilish;
  • raqamli qurilishni rivojlantirish sohasida: qurilish jarayonidagi muammolarni tahlillar asosida aniqlash hamda sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarning qo‘llanish imkoniyatlarini o‘rganish, xodimlarni o‘qitish, maxsus seminarlar va treninglar o‘tkazish;
  • qurilishdagi “yashil” texnologiyalar sohasida: Energiya samaradorligi va muqobil ekologik texnologiyalar sohasidagi tadqiqotlar;
  • sifat nazorati sohasida: ishlab chiqarilayotgan qurilish materiallarining sifatini, foydalanilayotgan bino va inshootlarning zilzilabardoshligini monitoring qilish;
  • tarixiy va madaniy meros obyektlarining zilzilabardoshligini ta’minlash sohasida: madaniy meros obyektlarining seysmik holatini monitoring qilish va arxitektura yodgorliklarining zilzilabardoshligi bilan bog‘liq muammolarga yechimlarni taklif etish;

    Shaharsozlik ekspertizasi sohasida: Bino va inshootlarning zilzilabardoshlik bo‘yicha texnik holatini baholashning zamonaviy uslublarini ishlab chiqish, shuningdek, ularning texnik holatini tadqiq qilish, barcha turdagi bino va inshootlarni instrumental-texnik tekshiruvdan o‘tkazish, zilzilabardoshlik bo‘yicha ilmiy xulosalar berish.


     Institut tarkibida 5 ta ixtisoslashgan laboratoriya faoliyat ko‘rsatmoqda:


  • Sun’iy intellekt texnologiyalari va raqamli qurilishni rivojlantirish laboratoriyasi.
  • Bino va inshootlarning zilzilabardoshligi laboratoriyasi.
  • Geotexnika, gruntlar mexanikasi va qurilish materiallari laboratoriyasi.
  • Barqaror konstruktiv yechimlar, shaharsozlik va infratuzilma laboratoriyasi.
  • «Yashil» qurilish, energiya samarador va muqobil texnologiyalar laboratoriyasi.

    Ilmiy darajali va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash maqsadida institutida:


    Oliy ta’limdan keyingi ta’limning tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchilik shakllari tashkil etilgan, hozirda institutda 5 nafar izlanuvchi tahsil olmoqda.

    “Seysmik xavfsizlik” (05.10.03) va “Geotexnika: (05.09.02) ixtisosliklari bo‘yicha PhD ilmiy darajasini beruvchi Ilmiy kengashni (PhD.26/31.10.2025.T.11.05) tuzish tasdiqlangan.


    Rahbariyat:


Direktor: Qosimov Elbek Alisherovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).

Qabul kunlari: Payshanba, 15:00 – 17:00.


    Bog‘lanish uchun ma’lumotlar:


Manzil: 100194, Toshkent sh., Yunusobod tumani, «Qadrdon» MFY, Yangi shahar ko‘chasi, 9A-uy.

Telefon: +998 (90) 006-26-66, +998 (97) 732-97-45.

E-mail: info@natrisc.uz.

Veb-sayt: https://natrisc.uz/