Texnik ta’mirlash va tezkor qayta tiklash bo‘limi

Igitov Jurabek Kuzibekovich

Igitov Jurabek Kuzibekovich

Iqtisod fanlari bo‘yicha PhD (falsafa doktori)
Boʼlimi boshlig'i
j.igitov@taqu.uz
09:00-17:00
100194, Toshkent shahar, Yunusobod tuman, Yangishahar ko'chasi, 9A-uy

Tashkil topgan yili: 1-iyun 2024-yil Universitet strukturasi asosida.
Tashkil etilgan asos: 2024 yil 24 iyundagi 164 sonli buyro‘q asosida.

Avvalgi rahbarlar va yillari: Raxmatullaeva Zilola Zokirjon qizi 1/161 sonli buyro‘q 24 oktabr 2024 yil. 2024-2025 yillar faoliyat yuritgan.

Bo‘lim faoliyati (asosiy vazifalar va funksiyalar)

    Bo‘limning asosiy maqsadi — universitet infratuzilmasi (binolar, inshootlar, muhandislik kommunikatsiyalari va uskunalar)ning uzluksiz, xavfsiz va samarali ekspluatatsiyasini ta’minlash, joriy va rejali ta’mirlash ishlarini sifatli tashkil etish, avariya holatlarini tezkor bartaraf etishdan iborat.

Bo‘limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • universitet binolari va inshootlarining texnik holatini doimiy nazorat qilish, profilaktik ko‘riklarni tashkil etish;
  • joriy ta’mirlash ishlarini rejalashtirish, ish hajmlari va muddatlarini shakllantirish;
  • muhandislik tizimlaridagi nosozliklarni bartaraf etishni tashkil qilish;
  • avariyaviy holatlarda  tezkor chora ko‘rish va tiklash ishlarini amalga oshirish;
  • ta’mirlash ishlarida mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi, sanitariya hamda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishini ta’minlash;
  • ta’mirlashga oid hisobot va texnik hujjatlarni (dalolatnoma, defekt ro‘yxat, ish buyurtmasi va h.k.) yuritish;
  • pudrat tashkilotlari (zaruratga ko‘ra) bilan hamkorlik qilish, ishlar sifatini qabul qilishda ishtirok etish;
  • ehtiyot qismlar, qurilish materiallari va sarf tovarlariga ehtiyojni aniqlash hamda belgilangan tartibda taklif kiritish.

Bo‘limning funksiyalari

Bo‘lim o‘z vazifalariga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

  • binolar va inshootlar, muhandislik tarmoqlari bo‘yicha davriy texnik ko‘riklar o‘tkazish, kamchiliklarni qayd etish;
  • joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha yillik-choraklik rejalarni tayyorlash va bajarilishini nazorat qilish;
  • avariyaviy chaqiruvlar bo‘yicha tezkor chiqish, nosozlik sababini aniqlash va bartaraf etish choralarini ko‘rish;
  • ta’mirlash ishlari uchun defekt ro‘yxati, texnik xulosa, hisob-kitob hujjatlarini tayyorlashda ishtirok etish;
  • ishlarning bajarilishi bo‘yicha jurnallar va hisobotlarni yuritish (avariya murojaatlari, bajarilgan ishlar, sarflangan materiallar va h.k.);
  • ob’ektlarda xavfsiz ekspluatatsiya talablari buzilishi aniqlanganda rahbariyatga axborot kiritish va bartaraf etish bo‘yicha taklif berish;
  • universitetning tegishli bo‘limlari bilan (xo‘jalik, moliya, xarid, kadrlar, xavfsizlik, yong‘in xavfsizligi va boshqalar) o‘zaro hamkorlik qilish.
Hozircha bo'lim tarkibi ma'lumotlari yo'q