Faoliyat va vazifalar
Ichki audit va moliyaviy
nazorat xizmati universitet moliyaviy resurslaridan samarali foydalanish,
budjet mablag‘lari va boshqa moliyaviy operatsiyalarni to‘g‘ri yuritilishini
ta’minlash maqsadida quyidagi nazorat tadbirlarini amalga oshiradi:
1. Kundalik Nazorat
- Ijro.gov.uz
     tizimidagi topshiriqlar, fuqarolar murojaatlari, dastlabki va joriy
     nazorat ishlari hamda risk tahlillarining doimiy nazorati.
2. Budjet va
Moliya Hisoboti Nazorati
- Budjet, to‘lov-kontrakt va budjetdan tashqari
     mablag‘larning to‘g‘ri rejalashtirilishi va bajarilishi nazorati
- Daromad va xarajatlar smetalarining me’yoriy
     hujjatlarga muvofiq tuzilishi va ijrosi.
3. Ish Haqi
va To‘lovlar Monitoringi
- Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarning UzASBO
     tizimi orqali monitoringi
- Stipendiyalarni to‘g‘ri hisoblash va to‘lashni
     nazorat qilish
- Plastik kartalar orqali to‘lovlarning amalga
     oshirilishini tahlil qilish
4. Kredit va Debitor Qarzdorliklari
Nazorati
- Hisobot choraklari yakuni bilan debitor va
     kreditor qarzdorlik ro‘yxatini shakllantirish
- Muddati o‘tgan qarzdorliklarning sabablarini
     aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
- Asossiz debitor va kreditor qarzdorliklarni
     oldini olish va bu borada rahbariyatga yozma axborot berish
5. Davlat
Mulkini Ijaraga Berish va Kommunal To‘lovlar Nazorati
- Ijara va kommunal xizmatlar bo‘yicha shartnomalar
     tuzish va to‘lovlarni nazorat qilish
- Ijarachilar bilan qo‘shimcha shartnomalar
     imzolanishi va to‘lovlarning undirilishini tahlil qilish
6. Xarajatlar va Xaridlar Nazorati
- Byudjet, to‘lov-kontrakt va budjetdan tashqari
     mablag‘lar hisobidan xaridlar va tender savdolarining monitoringi
- Asosiy vositalar, yoqilg‘i moylash mahsulotlari
     va moddiy boyliklarning hisobga olinishi, saqlanishi va chiqim qilinishini
     nazorat qilish
- Naqd pul mablag‘larining kirim, saqlash va tarqatilishini
     nazorat qilish
- Xizmat safari xarajatlarining to‘g‘ri
     hisoblanishi va to‘lanishini doimiy monitoring qilish
7. Hisobot va Monitoring
- O‘tkazilgan nazorat va monitoring ishlari
     natijalari bo‘yicha universitet rahbariyatiga yozma ma’lumot taqdim qilish
- Yuqori tashkilotlarga har chorak yakuni bilan
     hisobotlar taqdim etish 
8. Talabalar
Turar Joyi va Ijara To‘lovlari
- Talabalar turar joyi uchun to‘lovlarning o‘z
     vaqtida undirilishini o‘rganish va nazorat qilish
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
     qarorlari asosida ijarada yashovchi talabalar uchun ijara to‘lovining
     davlat tomonidan qoplanishini nazorat qilish.
Ichki audit va moliyaviy nazorat xizmati universitetning moliyaviy barqarorligini ta’minlash, shaffoflikni oshirish va noqonuniy moliyaviy holatlarning oldini olish maqsadida yuqoridagi tadbirlarni doimiy ravishda amalga oshiradi.
 
                