Ekologik suhbat
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi hamda
Muhandislik fakulteti “Qurilish va atrof-muhit muhandisligi” kafedrasi
hamkorligida talaba-yoshlar ishtirokida “22-may – Xalqaro biologik xilma-xillik
kuni”ga bag‘ishlab davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Yusupov Navruzbek
Muqimjonovich, O‘zbekiston Ekologik partiyasi mutaxassisi Hamroyev Nusrat
Ixtiyorovich hamda universitet Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar
bo‘yicha prorektori Mardov Sanjar Xudoyqulovich ishtirok etdi. Uchrashuv
davomida biologik xilma-xillik va ekologik muammolarga oid muhim ma’lumotlar
taqdim etildi. Suhbat yakunida mutaxassislar va talabalar o‘rtasida qiziqarli
savol-javoblar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda faol ishtirok etganlar Ekologik partiyasi
Markaziy Kengashi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.