"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Talabalar teatr studiyasi" boʻlib oʻtdi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim,
fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 16-maydagi yigʻilish bayonida,
"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida yozgi taʼtil davrida Toshkent
arxitektura-qurilish universitetida "Talabalar teatr studiyasi"
boʻlib oʻtdi.
Tadbirni Yoshlar masalalari va
maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor S.Mardov ochib berdi hamda barcha
ishtirokchilarga omad tiladi.
Talabalar tomonidan "Kelinlar
qoʻzgʻaloni", "Jadidlar hayoti" ga bagʻishlangan sahna
koʻrinishi namoyish etildi.
Unda ishtirok etgan barcha talabalar
koʻtarinki ruhda, kuy-qoʻshiqlarga raqsga tushib, boʻsh vaqtlarini mazmunli
oʻtkazdilar.