Diqqat e'lon
Hurmatli talabalar, professor-o‘qituvchilar va universitet xodimlari!
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti halollik, adolat va
shaffoflik tamoyillariga sodiq holda korrupsiyaga qarshi kurashishda qat’iy
pozitsiyada turadi. Shu maqsadda universitetimizda “Komplayens nazorat” tizimi
joriy etilgan bo‘lib, u ta’lim jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan
manfaatlar to‘qnashuvi, tamagirlik, poraxo‘rlik, vositachilik, firibgarlik,
tanish-bilishchilik, mahalliychilik kabi korrupsion holatlarning oldini olish
va ularning oldini olish uchun samarali choralar ko‘rishga xizmat qiladi.
Universitet jamoasi barchani korrupsiyaga qarshi kurashda faol ishtirok
etishga chaqiradi!
Agar siz:
📍
Imtihon va nazorat ishlari davomida noqonuniy holatlarga duch kelsangiz;
📍
Bitiruv malakaviy ishi yoki boshqa akademik jarayonlarda noqonuniy talablar
qo‘yilayotganini sezsangiz;
📍 Ta’lim jarayonida adolatsizlik yoki shaffoflik buzilishining guvohi bo‘lsangiz, bu haqida darhol xabar berishingizni so‘raymiz.
Sizning murojaatingiz qat’iy maxfiylik asosida ko‘rib chiqiladi hamda
har bir holat bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi.
Murojaat uchun ishonch kanallari:
📌 https://t.me/taqu_corruption_bot
🔗 Telegram manzili: Havola 
📧 Elektron pochta: m.iskdjanov@taqu.uz
📞 Ishonch telefoni: +998 55 508 03 14
Unutmang! Adolatli va shaffof ta’lim muhitini yaratish har birimizning
burchimizdir. Birgalikda korrupsiyaga qarshi kurashib, halol va pok kelajak
sari intilaylik!
 
                 
                                