Umumiy ma'lumot
Buxgalteriya bo‘limi Toshkent arxitektura-qurilish universitetining mustaqil tarkibiy qismi bo‘lib, moliyaviy hisobot va hisob-kitob jarayonlarini yuritish, nazorat qilish va tahlil qilish bilan shug‘ullanadi. Bo‘lim o‘z faoliyatini universitetning ustavi, O‘zbekiston Respublikasining tegishli qonunlari va me’yoriy hujjatlar asosida olib boradi.
Asosiy vazifalar
- Universitetning barcha moliyaviy hujjatlarini
     yuritish va boshqarish.
- Ishga qabul qilingan xodimlar va
     professor-o‘qituvchilarning mehnat shartnomalarini va daftarchalarini
     rasmiylashtirish.
- Xodimlarning oylik ish haqlarini hisoblash,
     to‘lovlarni amalga oshirish va tegishli buxgalteriya hujjatlarini
     yuritish.
- Nafaqaga chiqadigan professor-o‘qituvchilar va
     xodimlar uchun tegishli hujjatlarni tayyorlash.
- Talabalarning kontrakt to‘lovlarini qabul qilish
     va moliyaviy hisobini yuritish.
- Universitet bitiruvchilari uchun diplom va
     guvohnomalarni rasmiylashtirish.
- Moliyaviy hujjatlarning tegishli me’yoriy
     hujjatlarga mosligini nazorat qilish.
- Universitet xodimlarining davlat mukofotlari
     bilan taqdirlanish jarayonida ishtirok etish.
- Fakultet va bo‘limlardan zaruriy moliyaviy
     ma'lumotlarni talab qilish va tahlil qilish.
- Universitetning barcha moliyaviy faoliyatini shaffof va aniq yuritish.
Bo‘lim huquqlari
- Universitetning barcha fakultet va bo‘limlaridan
     moliyaviy hisob-kitob va hujjatlar bo‘yicha axborot talab qilish.
- Mehnat qonunchiligiga zid tayyorlangan buyruq va
     yo‘riqnomalarni bekor qilish bo‘yicha takliflar berish.
- Universitet hisob-kitob hujjatlarini tahlil qilish va hujjatlar me’yoriy talablarga mos kelmasa, ularni qayta ishlash uchun qaytarish.
Boshqaruv va tashkiliy tuzilma
Buxgalteriya bo‘limi
faoliyatiga universitet rektori tomonidan tayinlangan bo‘lim boshlig‘i
rahbarlik qiladi. Bo‘lim boshlig‘i bo‘limga yuklatilgan vazifalar bajarilishini
nazorat qiladi va xodimlarning huquq hamda majburiyatlarini belgilaydi.
 
                