Bitiruvchi talabalarning “Bitiruv malakaviy ishi” himoyasi tashkil etildi
Toshkent
arxitektura-qurilish universitetining Arxitektura fakulteti magistratura
bosqichi talabalari arxitektura loyihalash yo‘nalishi bo‘yicha bitiruv
malakaviy ishlarini muvaffaqiyatli himoya qildilar.
Bitiruv himoyalari
universitetning tajribali professor-o‘qituvchilari, ilmiy rahbarlar, sohaga
aloqador mutaxassislar hamda tegishli kafedra vakillaridan iborat komissiya
a’zolari ishtirokida o‘tkazildi. Magistrantlar o‘z ilmiy loyihalari orqali
zamonaviy arxitektura, shaharsozlik, barqaror rivojlanish, ekologik dizayn va
innovatsion yondashuvlar asosida ishlab chiqilgan loyihalarni taqdim etdilar.
Har bir ishdan so‘ng komissiya a’zolari tomonidan mazkur ishlarning
dolzarbligi, amaliy ahamiyati, ilmiy yangiligi va dizayn yechimlari chuqur
tahlil qilindi. Himoya jarayonida magistrantlar o‘z bilim
va ko‘nikmalarini namoyon etib, mustaqil tadqiqot olib borish va loyiha
yechimlarini asoslash borasidagi salohiyatlarini isbotladilar.