Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi
Berdiyorov Odiljon Raxmonovich
Bo'lim tarixi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 1991-yil 6-maydagi Farmoniga muvofiq Toshkent arxitektura-qurilish instituti tashkil topdi. Shu munosabati bilan institutda bo‘limlar qayta shakllandi va shu qatorda Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi o‘z ish faoliyatini boshladi.
Toshkent arxitektura-qurilish universitetining Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi universitetda xavfsizlik, sog‘liqni saqlash, yong‘in va favqulodda holatlarning oldini olish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi. Bo‘lim universitetda mehnat muhofazasi talablariga rioya etilishini, xodimlar va talabalar uchun xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratishni ta’minlaydi.
Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi universitetda favqulodda vaziyatlar rejasini ishlab chiqishda, mehnat va yong‘in xavfsizligini nazorat qilishda, shuningdek, xavfsizlik bo‘yicha o‘quv-seminarlarni tashkil etishda ishtirok etadi. Bo‘lim faoliyati O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, mehnat kodeksi, Prezident qarorlari va tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga asoslangan.
Bo'lim faoliyati
Mehnatni muhofaza qilish:
Universitetda mehnat muhofazasi bo‘yicha amaldagi qonun hujjatlarni ta’minoti, professor-o‘qituvchi va ishchi xodimlarni mehnat xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnomadan o‘tkazish bo‘yicha mas’uldir.
Mehnatni muhofaza qilish
bo‘limi boshlig‘ini asosiy vazifalariga quydagilar kiradi:
- universitet
barcha binolarida sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitining tashkil qilinganligiga shaxsan mas’ullikni
o‘z zimmasiga oladi;
- universitetda mehnat va uning
muhofazasi to‘g‘risidagi qonun va me’yoriy
hujjatlar, shuningdek hukumat qarorlari, yuqori tashkilot va kasaba
uyushmalarining ko‘rsatmalari va
buyruqlari bajarilishini ta’minlaydi;
- barcha xodimlarning
universitet tomonidan ishlab chiqilgan ichki mehnat intizomiga rioya
qilishlarini doimiy nazoratga oladi;
- universitetda doimiy faoliyat
yurgizuvchi mehnat muhofazasi bo‘yicha komissiyani boshqaradi hamda
injener-texnik xodimlar va xodimlarni mehnat muhofazasi bo‘yicha
yo‘riqnomalardan o‘tkazadi, ular tomonidan sanitariya va mehnat intizomi
saqlanishini, shuningdek mehnat muhofazasi bo‘yicha yuqori va davlat nazorat
organlari, kasaba uyushmasi tashkilotlari ko‘rsatmalari va takliflari
bajarilishi bo‘yicha choralar tuzadi;
- mehnat muhofazasi bo‘yicha
xonani turli ko‘rgazma qurollari, qo‘llanmalar va vositalar bilan
ta’minlaydi;
- xodimlarni ishga qabul qilish
hujjatlarida imzo chekadi;
- mehnatni muhofaza qilish masalalari buyicha ishchi- xodimlarini,
texnik xavfsizligi o‘quv qayta tayyorlash kursiga va ularning malakasini oshirish
tadbirlarini amalga oshirish;
- xodimlarning mehnat xavfsizligi,gigienasi hamda texnik xavfsizlik talablari bajarilishini ta’minlashni nazoratga
olаdi;
- mehnat faoliyati bilan bog‘liq baxtsiz xodisalar va kasb kasalliklarini tekshirilishini va xodimning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni o‘z vaqtida qoplanishini nazorat qiladi;
Yong‘in xavfsizligi instruktori vazifalari:
- Universitet rahbari buyrug‘i bilan
har bir bino xonalariga yong‘in xavfsizligi
bo‘yicha ma’sul shaxs bilan ta’minlash:
- ”Yong‘in xavfsizligi yoki favqulodda
vaziyatlar sodir bo‘lganda professor
- o‘qituvchi,ishchi-xodim va talabalar
hamda moddiy texnik boyliklarni tutqarish rejasi”ishlab chiqish,barcha bino qavatlariga
evakuatsiya rejasi o‘rnatish lozim:
- Universitet xududidagi yong‘in
xavfsizlig va boshqa maxsus xizmat avtoulovlar yetib boruvchi yo‘llar sun’iy to‘siqlar bilan to‘sib qo‘yilishi qat’iy man etiladi:
Universitetda yong‘in xavfsizligini ta’minlash maqsadida quyidagi ishlarni amalga oshirish lozim:
- har o‘quv
binolarda fuqarolarning oson harakatlanishni ta’minlash maqsadida kamida ikki
zaxira kirish-chiqish eshik yo‘laklari bo‘lishi;
- barcha
o‘quv bino va o‘quv labartoriyalarida birlamchi yong‘in o‘chirish vositalari
(ichki suv jumragi,yeng,o‘t o‘chirgich OP-5) bilan me’yor talablari asosida
yetarli miqdorda jihozlangan bo‘lishi;
- ish vaqti
tugaganidan so‘ng har bir xonadagi elektr ta’minot tizimi,havo isitish va
sovitish,elektr jihozlar,kompyuter,televido apparatlari,boshqa turdagi barcha
maxsus elektr jihozlar va maishiy elektr jihozlarni o‘chirib qo‘yilishi lozim;
- barcha
elektr sim va kabellar tashqi himoya qobiqlarining elektr tokiga chidamlilik
darajasini maxsus letsenziyaga ega bo‘lgan tashkilot va muassasilar sinovidan
o‘tkazilgan bo‘lishi lozim;
Talabalar turar joylari,o‘quv bino va inshootlarda quyidagilar taqiqlanadi:
- Yerto‘la,bino
qavatlarda yonuvchi va yengil alangalanadigan suyuqliklar,portlovchi
moddalar,gaz ballonlar,aerozol va boshqa portlash xavfi bo‘lgan moddalarni
saqlash;
- chordaklarda,texnik
xizmat ko‘rsatish joylarida,ventkamera va boshqa texnik xonalarda ishlab
chiqarish bo‘limlari,ustaxonalarni joylashtirish hamda maxsuslot va boshqa
buyumlarni saqlash taqiqlanadi;
- yerto‘la
va yarim yerto‘lalarda yonuvchi buyumlar saqlash omborxonalari,ustaxonalar va
xo‘jalik xonalarini joylashtirish,agar kirish eshiklari umumiy
kirish eshiklari alohida bo‘lishi lozim;
- yo‘laklarni,yuqori
qavatlariga o‘tish lyuklari,qo‘shni xonaga o‘tish yo‘laklaridagi
eshiklar,zaxira chiqish yo‘laklarini turli mebellar,buyumlar va boshqa yonuvchi
ashyolar bilan to‘sib qo‘yish;
- yo‘laklar, zahira chiqish
yo‘llari va
zinapoyalarida o‘zboshimchalik
bilan buyumlar saqlash
va yonuvchi qurilish
materiallarni tahlab qo‘yish;
- arxiv
va hujjatlar saqlanadigan
xonalarda elektr taqsimlash qutilari,o‘chirish
moslamalari elektr qo‘ng‘iroqlarini o‘rnatish;
- barcha
o‘quv xonalar
va talabalar turar
joylarida me’yor-serfikat talablariga javob
bermaydigan qo‘lbola
yasalgan elektr isitish moslamalarini
va vaqtincha o‘tkazilgan elektr simlaridan
foydalanish;
- bergilanmagan
joylarda chekish,taqiqlangan joylarda payvandlash
va ochiq olovdan,olovli ishlarni olib
borish;
- nosoz
elektr pech,turli
elektr moslamalari ,rozetka,vilkalar
jihozlaridan foydalanish;
Yong‘in xavfsizligini ta’minlashni
tashkil etish:
- “diqqat,diqqat
yong‘in”ovozli xabar berish signalizatsiya ishga tushganda zidlik bilan
quyidagilarni bajarish lozim:
- yong‘in
xavfsizligi xizmatiga 112 telefon raqami orqali xabar berish;
- yong‘in
chiqish joyini aniqlash,insonlarni qutqarish;
- navbatchi
xodimlarga xabar berish;
- birlamchi yong‘in o‘chirish vositalari bilan yong‘inni bartaraf etish choralarini ko‘rish.
Axunov Rustam Djuraevich
Yong’in xavfsizligi bo’yicha instruktor
r.axunov@taqu.uz