Moliya-iqtisod bo‘limi

Baxromov Nurali Muhammat o'g'li

Baxromov Nurali Muhammat o'g'li

Boʼlimi boshlig'i
n.bahramov@taqu.uz
100194, Toshkent shahar, Yunusobod tuman, Yangishahar ko'chasi, 9A-uy

Bo'lim tarixi:


    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 1991-yil  6-maydagi Farmoniga muvofiq Toshkent arxitektura-qurilish instituti tashkil topdi. Shu munosabati bilan institutda bo‘limlar qayta shakllandi va shu qatorda Reja-moliya bo‘limi o‘z ish faoliyatini boshladi.

    2023-yil 1-yanvardan Toshkent arxitektura-qurilish instituti Universitet maqomini olganligi munosabati bilan, Reja-moliya bo‘limi Moliya bo‘limi bo‘lib qayta nomlandi. 2024-yil 1-iyunda Moliya bo‘limi, Moliya-iqtisod bo‘limi nomiga o’zgartirildi.

    1991-yildan 2024-yilga  qadar bo‘limda 8 nafar bo‘lim boshliqlari faoliyat yuritgan.

  • 1991-1998 yilarda Rasskazova Nina Ivanovna
  • 1998-1999 yillarda Gimush Rifkat Idrisovich
  • 1999-2007 yillarda Kim Svetlana Pavlovna
  • 2007-2012 yillarda Umarova E’tibor Tursunxodjaevna
  • 2012-2015 yillarda G‘iyosov Ilxom Karimovich
  • 2015-2023 yillarda Allayarov Raxim Xakkulovich
  • 2023-2024 yillarda Inogamova Madina Xusanovna
  • 2024-21.01.2026 yilga qadar Raxmatov Oybek Yangiboyevich

    2026-yil 21 yanvardan boshlab bo‘limda Baxromov Nurali Muhammat o’g’li bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritb kelmoqda.

    Baxromov Nurali Muhammat o’g’li 20.12.1994-yilda Samarqand viloyati, Ishtixon tumanida tug’ilgan. 2021-yilda Toshkent arxitektura-qurilish institutini komunal infratuzilma muxandis iqtisodchi mutaxassisligi bo’yicha tamomlagan.

    2021-08.11.2022 yillarda TAQIning Buxgalteriya bo‘limida xarid bo‘yicha bosh mutaxassis lavozimida,  2022 - 05.02.2024- yillarda Sh.Sirojiddinov nomidagi respublika akademik litseyida bosh hisobchi lavozimida, 2024 y, - 2026-yil 20 yanvarga qadar  TAQUda buxgalter, bosh muhandis lavozimlarida ishlagan.

Bo'lim faoliyati:


    Bo'lim asosiy ish faoliyati:

    Toshkent arxitektura-qurilish universitetining Moliya-iqtisod bo‘limi universitetning moliyaviy barqarorligini ta’minlash, iqtisodiy rejalashtirish va mablag‘larni oqilona boshqarish bo‘yicha faoliyat yuritadi. Bo‘lim universitetning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, moliyaviy resurslarni samarali taqsimlash hamda byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni boshqarish kabi vazifalarni bajaradi.

    Moliya-iqtisod bo‘limi universitetning rasmiy iqtisodiy strategiyasini ishlab chiqishda ishtirok etib, universitet ma’muriyati bilan hamkorlikda rejalashtirish va tahlil ishlarini olib boradi. Bo‘lim faoliyati O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezident Farmani va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilangan ustuvor vazifalarni bajarish tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlarga asoslangan.

Inogamova Madina Xusanovna
Inogamova Madina Xusanovna

Yetakchi iqtisodchi

m.inogamova@taqu.uz