Rektor maslahatchisi
Asqarov Baxtiyor Asqarovich
Texnika fanlar doktori, professor
- O‘zbekiston Respublikasi
qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis hamda Vazirlar
Mahkamasining oliy ta’lim, ilm-fan, innovatsiya va boshqaruv sohasidagi
qarorlarining oliy ta’lim muassasasida ijrosini tahlil qilish va rektorga
takliflar kiritish;
- oliy ta’lim muassasasini
strategik rivojlantirish konsepsiyasi va istiqbolli rejalari bo‘yicha tahliliy
ma’lumotlar tayyorlash;
- rektor topshiriqlarining bajarilishini monitoring qilish va ijro
intizomini nazorat qilish;
- oliy ta’lim muassasasining ichki me’yoriy-huquqiy hujjatlarini ishlab
chiqishda ishtirok etish hamda ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar
berish;
- ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish va uni oliy ta’lim muassasasi
faoliyatiga joriy etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
- ta’lim sifati, ilmiy faoliyat samaradorligi va boshqaruv tizimini
takomillashtirish yuzasidan tahliliy xulosalar tayyorlash;
- rektor nomidan o‘tkaziladigan uchrashuvlar, muzokaralar va rasmiy
tadbirlar uchun ma’ruza, axborot va tahliliy materiallar tayyorlash;
- investitsiya loyihalari, grantlar va xalqaro hamkorlik dasturlari
bo‘yicha tashabbuslarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
- universitetning imijini oshirish, reyting ko‘rsatkichlarini yaxshilash
va xalqaro akkreditatsiya jarayonlari bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
- oliy ta’lim muassasasining tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini o‘rganish,
muammoli masalalarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar
berish;
- rektorning alohida topshiriqlari va maxsus loyihalarini amalga oshirish;
- o‘z vakolati doirasida davlat boshqaruv organlari, mahalliy
hokimiyatlar, hamkor tashkilotlar va boshqa manfaatdor tomonlar bilan hamkorlik
qilish;
- o‘z faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha hisobotlar tayyorlash va rektorga
muntazam ravishda axborot berib borish;
- OTM Ustavi, Ichki mehnat tartibi qoidalari, Kengash qarorlari hamda amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish.
Quyidagi faoliyatlar bo‘yicha umumiy maslahat va tahliliy ko‘makni
amalga oshiradi:
- oliy ta’lim muassasasining strategik rivojlanish jarayonlari;
- boshqaruv samaradorligini oshirish;
- xalqaro hamkorlik va investitsiya loyihalari;
- ta’lim sifati va reyting ko‘rsatkichlarini yaxshilash;
- innovatsion va raqamli transformatsiya jarayonlari.
Quyidagi ishlarni muvofiqlashtiradi:
- rektor topshiriqlari ijrosini;
- strategik loyihalar va maxsus dasturlarni;
- tarkibiy bo‘linmalar faoliyati bo‘yicha tahliliy axborotlarni;
- tashqi hamkorlar bilan
aloqalarni.
Askarov Baxtiyer Asqarovich 1942-yil Toshkent shahrida ziyolilar
oilasida tavallud topgan.
Ma’lumoti – oliy, Texnika fanlar doktori, professor
Mehnat faoliyati:
- 1959-1962 yy. - Oddiy ishchi, suvoqchi, g‘isht
teruvchi, 153 trest, SU-3
- 1959-1964 yy. - Toshkent politexnika instituti
talabasi
- 1965-1965 yy. - Toshkent politexnika instituti
tatqiqotchi-stajer
- 1965-1966 yy. - Harbiy xizmatda
- 1966-1969 yy. - Toshkent politexnika instituti
kunduzgi bo‘lim aspiranti
- 1969-2005 yy. - Toshkent politexnika instituti -
Toshkent arxitektura-qurilish instituti yig‘ma temir beton ishlab chiqarish
kafedrasi muhandis, assistenti, katta o‘qituvchisi, dotsenti, professori,
kafedrasi mudiri
- 1974-1976 yy. - Toshkent politexnika instituti
kechki-sirtqi qurilish fakulteti dekani
- 1980-1988 yy. - Toshkent politexnika instituti sanoat
va fuqaro qurilishi fakulteti dekani
- 1988-1991 yy. - Toshkent arxitektura-qurilish
instituti muhandis qurilish fakulteti dekani
- 1991-2005 yy. - Toshkent arxitektura-qurilish
instituti rektori
- 2005-2012 yy. - Toshkent arxitektura-qurilish
instituti qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalari texnologiyasi
kafedra mudiri, professor.
- 2006-2012 yy. -
“O‘zdunrobita” xorijiy korxona. Qurilish va kuchmas mulk buyicha
departament direktori
- 2016 -2023 yy - Toshkent arxitektura-qurilish
instituti qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalari texnologiyasi
kafedrasi professori
- 2023- h.v.- Toshkent arxitektura-qurilish universiteti qurilish materiallari texnologiyasi kafedrasi professori
- 2024 - h.v.-
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektor maslaxatisi.