Universitet haqida
Yangiliklar
E'lonlar
23
Arifdjanova Zilola Dilshodovnaning iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
Arifdjanova Zilola Dilshodovnaning 08.00.13 - Menejment. ixtisosligi bo‘yicha “Qurilish korxonalarida boshqaruv samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish (Toshkent shahri misolida)” mavzusidagi Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2026.09.01.I.04.M raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 12-fevral kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi. Manzil: Toshkent shahri, Yangi Shahar ko‘chasi, 9-uy. Toshkent arxitektura-qurilish universiteti ( Bosh bino 502-majlislar zali).. e-mail: devon@taqu.uz Onlayn ko’rish uchun havola: https://us06web.zoom.us/j/89731174412?pwd=bFBngQrmxm0t7z9J7rRy2letvVzTzn.1
E'lonlar
24
Karimov Inomjon Ortikbayevichning iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
Karimov Inomjon Ortikbayevichning 08.00.03 - Sanoat iqtisodiyoti ixtisosligi bo‘yicha “Qurilish sanoati korxonalarida investitsiyalarni jalb qilish mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2026.09.01.I.04.M raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 12-fevral kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi. Manzil: Toshkent shahri, Yangi Shahar ko‘chasi, 9-uy. Toshkent arxitektura-qurilish universiteti ( Bosh bino 502-majlislar zali).e-mail: devon@taqu.uzOnlayn ko’rish uchun havola: https://us06web.zoom.us/j/89731174412?pwd=bFBngQrmxm0t7z9J7rRy2letvVzTzn.1
Yangiliklar
68
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida talabalar o‘rtasida onlayn so‘rovnoma o‘tkazildi
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi mutaxassislari ishtirokida talabalar o‘rtasida onlayn so‘rovnoma o‘tkazildi.Mazkur so‘rovnoma ta’lim jarayonining sifati, talabalarga yaratilgan o‘quv sharoitlari hamda ta’lim xizmatlaridan qoniqish darajasini aniqlash maqsadida tashkil etildi. So‘rovnoma onlayn formatda o‘tkazilib, unda universitet talabalari faol ishtirok etdi.So‘rovnoma natijalari ta’lim sifatini yanada oshirish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq taklif hamda xulosalar ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi. Eslatib o‘tamiz, so‘rovnomada hali ishtirok etmagan talabalar quyidagi havola orqali qatnashishlari mumkin: https://survey.hemis.uz/
Interaktiv xizmatlar
Galereya
Ko'p beriladigan savollar
Akademik ta'til olish uchun qanday ariza topshirish kerak?
JAVOB: Akademik ta'til olish uchun talaba tibbiy yoki oilaviy sharoitlarni asoslovchi hujjatlarni ilova qilgan holda oliy ta'lim muassasasiga ariza bilan murojaat qilishi kerak.
Masofaviy o'qitish imkoniyatlari mavjudmi?
JAVOB: Ha, ba'zi oliy ta'lim muassasalarida masofaviy o'qitish (onlayn ta'lim) imkoniyatlari mavjud. Bunda talabalar internet orqali darslarni kuzatishi va topshiriqlarni bajarishi mumkin.
Talaba qachon chet elda o'qish imkoniyatiga ega bo'ladi?
JAVOB: Talaba chet elda o'qish imkoniyatiga erishish uchun xalqaro almashuv dasturlari, grantlar yoki stipendiyalar uchun ariza topshirishi mumkin. Masalan, Erasmus+, DAAD va boshqa xalqaro dasturlar orqali bu imkoniyatlardan foydalanish mumkin.
Talabalar amaliyotini o'tash qanday amalga oshiriladi?
JAVOB: Talabalar amaliyoti o'qish dasturining bir qismi sifatida o'quv yili davomida yoki yozgi ta'til paytida o'tkaziladi. Universitet amaliyot joylarini taqdim etishi yoki talaba o'zi topishi mumkin.
O'qish davomida boshqa oliy ta'lim muassasasiga ko'chib o'tish mumkinmi?
JAVOB: Ha, talaba o'qish davomida ma'lum sharoitlarda boshqa oliy ta'lim muassasasiga ko'chib o'tishi mumkin. Bu jarayon maxsus komissiya tomonidan ko'rib chiqiladi va qabul qilinadi.
Talabalar kontrakt to'lovlarini bo'lib-bo'lib to'lashi mumkinmi?
JAVOB: Ha, talaba kontrakt to'lovlarini yil davomida bo'lib-bo'lib to'lashi mumkin. Buning uchun oliy ta'lim muassasasi bilan kelishuv tuziladi.







